Abduqodir Husanov qimmatbaho avtomobil sotib oldi
Sport
−
17 mart 2025 22338 1 daqiqa
Bugun, 17 mart kuni terma jamoa o‘yinlari uchun Manchesterdan Toshkentga kelgan Abduqodir Husanov Mercedes-Benz G-klass avtomobilini xarid qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, avtomobilning qiymati 350 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Qayd etish joiz, 21 yoshli Husanov Angliyada BMW avtomobilidan foydalanadi. Futbolchi bugundan terma jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 20 mart kuni Toshkentda Qirg‘iziston, 25 mart kuni safarda Eron bilan bahs olib boradi. Toshkentda bo‘ladigan o‘yin 21:00 da “Bunyodkor” stadionida start oladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025