Abduqodir Husanov Fransiyaning nomdor klubiga ko‘chib o‘tdi (video)

Sport

image

O‘zbekiston futbol bo‘yicha milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov Fransiyaning “Lans” jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klubning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, bugun, 24 iyul kuni 19 yoshli Abduqodir Husanov Fransiya vitse-chempioni hisoblangan “Lans” klubi bilan 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan 4 yillik shartnoma imzolagan. Husanov endilikda Fransiya chempionatida o‘ynaydigan birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi. U jamoa tarkibida 25-raqam ostida to‘p tepadi. 

Ma’lumot uchun, “Lans” o‘tgan mavsum Fransiya chempionatida ikkinchi o‘rinni olgan va yangi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Abduqodir Husanov Lans

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing