Abbosbek Fayzullayevning transfer narxi oshmadi
Sport
−
20 mart
1574Rossiya chempionatida to‘p tepuvchi futbolchilarning transfer narxlari yangilandi, ammo o‘zbekistonlik to‘p ustalarining transfer qiymati o‘zgarishsiz qoldi.
8 million yevro qiymat bilan O‘zbekistonning eng qimmat ikkinchi futbolchisi hisoblangan SSKA a’zosi Abbosbek Fayzullayevning narxi o‘zgarmadi, garchi 21 yoshli yarim himoyachining transfer qiymati o‘zgarmagan bo‘lsa ham u O‘zbekistonning eng qimmat ikkinchi futbolchisi bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, “Rubin” a’zosi Rustam Ashurmatov va “Akron” futbolchisi Sherzod Esonovning transfer narxlarida ham o‘zgarish bo‘lmadi. Ashurmatovning qiymati 700 ming, Esonovniki esa 300 ming yevroga baholangan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov hisoblanadi. Uning yangilangan narxi 35 million yevroni tashkil qilmoqda. Bu borada kuchli uchlikka Eldor Shomurodov yakun yasab bergan. 29 yoshli hujumchining narxi 4 million yevroni tashkil etadi.
LiveBarchasi