Abbosbek Fayzullayevning transfer narxi ko‘tarildi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayevning transfer narxi oshdi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.

Portalda Fayzullayevning qiymati 2 million yevroga oshganini ko‘rish mumkin. Hozirga kelib 20 yoshli futbolchining narxi 4 million yevroni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, Fayzullayev 20 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat osiyolik futbolchilar reytingida yana 1-o‘ringa chiqib oldi. Osiyoning 20 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilari reytingida 2 million yevro qiymat bilan avstraliyalik Alessandro Chirkati 2-o‘rinni band etgan bo‘lsa, 1 million yevroga baholanayotgan iroqlik Zidan Iqbol 3-o‘rinda qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga da’vogarlar qatoridan o‘rin olgani xabar qilingandi. Sovringa SSKA a’zosidan tashqari “Real” a’zosi Jud Bellingem, “Barselona” futbolchisi Gavi, “Bavariya” hujumkor yarim himoyachisi Jamol Musiala va bosh bir qator iste’dodli to‘p ustalari da’vogarlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

TsSKA Jud Bellingem Gavi Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing