Abbosbek Fayzullayevni “Bavariya” skautlari kuzatmoqda

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” klubi skautlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayevning o‘yinlarini kuzatib bormoqda. Bu haqda “Qorabog‘” jamoasi darvozaboni Andrey Lunevning agenti Anton Smirnov ma’lum qildi.

“Myunxenliklar futbolchini U-23 terma jamoada o‘ynaganida ham o‘yinlarini katta qiziqish bilan kuzatgan va hozirda Fayzullayev nemis skautlari “nishonida” turibdi”, deb yozdi Smirno Telegram sahifasida.

20 yoshli Fayzullayev o‘tgan yozda SSKAga o‘tgan edi. “Armiyachilar” tarkibida hujumkor yarim himoyachi 18 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fayzullayev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va terma jamoa tarkibida Osiyo kubogi chorak finaliga qadar yetib bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing