“Abbos dollar” O‘zbekistonda hibsga olindi
Olam
−
06 Oktabr 62208 1 daqiqa
Afg‘oniston parlamenti raisining sobiq o‘rinbosari Abbos Ibrohimzoda Toshkentda hibsga olindi va o‘tgan haftadan beri qamoqda saqlanmoqda. Bu haqda manbalariga tayanib, “Amu” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ibrohimzoda 24 sentyabrda uning biznes raqiblari tomonidan berilgan bir nechta shikoyatlar asosida ushlangan. U 350 ming dollardan ortiq kafolat puli to‘laganiga qaramasdan, haligacha ozod etilmagan.
Manbaga ko‘ra, Ibrohimzoda so‘nggi to‘rt yil ichida O‘zbekistonga 50 million dollardan ortiq mablag‘ sarmoya kiritgan, bu sarmoyalar tijoriy transport va un ishlab chiqarish sohalarini qamrab olgan. Uning hibsga olinishi kompaniyalari faoliyatidagi buzilishlar haqida xavotirlarga sabab bo‘ldi. Ibrohimzoda bu ish bo‘yicha hozircha izoh bermagan.
Ma’lumot uchun, Abbos Ibrohimzoda 1970 yilda Balx viloyatining Sholg‘ara tumanida tug‘ilgan. U Mozori-Sharif shahridagi “Baxtar” o‘rta maktabini 12-sinf darajasida tamomlagan. U Afg‘oniston parlamentining 16-chaqirig‘ida Balx viloyati xalq vakili bo‘lgan.
Mahalliy aholi orasida u “Abbos dollar” nomi bilan tanilgan, chunki u Afg‘onistondagi eng boy odamlardan biri hisoblanadi va neft-gaz biznesida faol ishtirok etadi.
Live
Barchasi