O‘zbekistonda yo‘llarni ta’mirlashga 61 trln ajratildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda oxirgi 7 yilda yo‘llarni qurish va ta’mirlashga 61 trillion so‘m ajratildi. Bu haqda bugun, 9 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va tirbandlikni kamaytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda oxirgi 7 yilda bu borada ko‘p ishlar qilingani ta’kidlandi. Bildirilishicha, yo‘llarni qurish va ta’mirlashga 61 trillion so‘m ajratilgan. Bu 2017 yilgacha berilgan mablag‘lardan 3,5 barobar ko‘p.

Shuningdek, onlayn murojaat tizimi ishga tushib, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalariga kelish 50 foizga kamaygan. Bundakn tashqari, 3 ming 365 nafar YHXX xodimiga elektron planshet va bodikamera olib berilgan. Qoidabuzarliklarni sun’iy intellekt asosida saralash va qaror chiqarish amaliyoti joriy qilingan.

Haydovchilik huquqiga imtihon, yo‘l chiziqlari chizish, texnik ko‘rik kabi 8 ta xizmat tadbirkorlarga autsorsingga berilgani ta’kidlandi.  Shaharlarda jamoat transporti uchun maxsus yo‘laklar tashkil qilingani qayd etildi.

Shu bilan birga, o‘tgan oyda ham haydovchilarga qator yengilliklar berildi. Birinchi bor huquqbuzarlik qilganlarni jazolash emas, ogohlantirish yo‘lga qo‘yildi. Yo‘l chiziqlarini bosish holatlarini kamera orqali fiksatsiya qilish bekor qilindi. Jamoat transporti uchun mo‘ljallangan tasmalarda kechqurun boshqa haydovchilar ham yurishiga ruxsat berildi. Shaharlarda yo‘llarni kunduzi ta’mirlash taqiqlandi. Radar bor joyda yo‘l belgisini o‘rnatish majburiy bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston yo'llar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing