Xushxabar: Endi yo‘llarda chiziqni bosganlik uchun kameralar jarima yozmaydi
Jamiyat
−
16 may 2025 11672 1 daqiqa
Avtomobil yo‘llarida harakatlanish tartibini yanada takomillashtirish, haydovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qarorga muvofiq, joriy yil 1 iyundan boshlab yo‘l chiziqlarini bosib qoidabuzarlik sodir etish holatlarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etishga yo‘l qo‘yilmaydi. To‘xtash chizig‘i – “stop-liniya” (5.33 yo‘l belgisi) bundan mustasno.
Ya’ni, haydovchi chiziqni bosib olsa, bu qoidabuzarlik fotoradar yoki videokamera orqali qayd etilmaydi, demak, avtomatik ravishda jarima yozilmaydi. Lekin, YPX xodimi tomonidan aniqlanganda, qoidabuzarlik o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi joriy yil 1 iyundan kuchga kirishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi