Aholisining yarmidan ko‘pi koronavirusga qarshi emlangan ilk mamlakat ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Isroil mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi. Bu haqda TASS o‘zining rasmiy ma’lumotlariga va ommaviy axborot vositalariga asoslangan hisob-kitoblariga tayanib xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, 8,9 million kishi yashovchi Isroil davlatida 5,54 million kishi, yoki aholining 62,42 foizi koronavirusga qarshi emlangan. 

Aholini emlash soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Birlashgan Arab Amirliklari (44,79 foiz) egallagan, uchinchi o‘rindan Seyshel orollari (40,49 foiz) joy olgan. 

Vaksinani qabul qilganlar soni bo‘yicha (42 million kishi) AQSH dunyoda yetakchilikni davom ettirmoqda. Ikkinchi o‘rindan Xitoy (31,2 million), uchinchi o‘rindan Buyuk Britaniya (12,6 million) joy egallagan. 

Dunyo bo‘yicha 131,9 mln kishi yoki Yer sayyorasining 1,7 foizi koronavirusga qarshi emlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing