Boshqarish ilgariga nisbatan murakkablashyapti – Sodiq Safoyev

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi hisoboti tinglandi.

Senat raisi o‘rinbosari, senator Sodiq Safoyev Hukumat hisobotiga doir ma’ruza qildi. Safoyev o‘z nutqida asosan davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalariga oid choralarni amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratdi.

“Boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish –  har bir davlat oldida turgan doimiy jiddiy masala. Bu ayniqsa insoniyatning bugungi kundagi rivojiga hos aqida.

Yer yuzida to‘rtinchi sanoat inqilobi tobora avj olmoqda. Uning negizida raqamli texnologiyalar, Internet, o‘ta-kichik ishlab chiqarish vositalari, sun’iy idroq, o‘zi o‘rganadigan va bir-biri bilan operatsion bog‘langan uskunalar yotadi”, dedi Sodir Safoyev.

Senator so‘zida davom etib, aholining axborotga egalik darajasi va Hukumatga talabi ortib borayotganini ta’kidladi.

“Yangi ishlab chiqarish vositalari yangi ijtimoiy munosabatlarni talab qiladi. Bugungi kunda boshqarish ilgarigi davrlarga nisbatan ancha murakkablashmoqda. Nafaqat tashqi, balki jamiyatlar ichidagi raqobat keskinlashyapti. Aholi tobora axborotga ega va Hukumatga nisbatan talabchan bo‘lmoqda. Xokimiyat nafaqat davlatni boshqaruv tizimi balki aholi va biznesga hizmat ko‘rsatish markazi sifatida ko‘rilmoqda. Rivojlangan davlatlarda boshqaruvning moslachuvshanlik qobiliyatiga ega, “egiluvchan” usuli tadbiq etilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “davlat organlarida ertaga, istiqbolda qanday vazifalar dolzarb bo‘lishi, qanday muammolar oldimizda ko‘ndalang bo‘lishini prognoz qiladigan tizim” shakllantirish lozim”, deydi senator.

Sodiq Safoyev mamlakatda davlat boshqaruvida sezilarli o‘zarishlar bo‘lgani va partiyalarning roli kuchayganini qayd etdi.

“Harakatlar Strategiyasi doirasida Davlat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Ular o‘z natijasini bermoqda.

Parlament va siyosiy partiyalarning roli kuchaydi. Mahalliy organlarining vakolati kengayib ta’siri ortib bormoqda. Aksariyat vazirliklarning vazifalari qayta ko‘rib chiqildi, ularning ayrimlari qayta tashkil etildi”, dedi Sodiq Safoyev.

Davlat boshqaruvida aholining keng ishtirokini ta’minlash doirasida “Mening fikrim” maxsus veb-portali ta’sis etildi. Mamlakat byudjetini shakllanishi va ijrosini shaffovligini ta’minlash maqsadida “Openbudget” informatsion portalini yaratilishi boshqaruv tizimini zamonaviylashganini ko‘rsatkichi ekaniga urg‘u berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat yalpi majlis Sodiq Safoev

Baholaganlar

43

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing