Aholi daromadi 22 foizga ortdi – Bosh vazir

Jamiyat

image

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq aholi daromadlari 22 foizga oshgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ayni vaqtda bo‘lib o‘tayogan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.

Bosh vazir 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlament palatalariga yo‘llagan murojaatnomasidan kelib chiqib amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etgan. 

“Ko‘rilgan choralar natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar 8 foizga oshib, 2019 yilda ularning soni 82 mingtaga yetgan. Davlat byudjeti va davlat maqsadli xarajatlari 142 trln so‘mni tashkil etib, bunda ish haqi, stipendiya, ijtimoiy nafaqalar va ularga tenglashtirilgan birinchi darajali to‘lovlarga 45 trln 600 mlrd so‘m yo‘naltirildi. 2019 yilda ijtimoiy sohalarga davlat byudjetidan 55 trln 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, bu jami byudjet xarajatlarining 39 foizini tashkil etdi.  Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadida investitsiya dasturi doirasida davlat byudjetidan 19 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi”, deydi Bosh vazir Abdulla Aripov. 

Hukumat raisi so‘zida davom etarkan, aholining turmush darajasi oshishida daromad solig‘i va ijtimoiy to‘lovlarning pasaytirilganiga alohida urg‘u berdi. 

“Davlat buyurtmasi bo‘yicha 372 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va ijtimoiy to‘lovlar stavkasi kamaytirilgani, aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilinishi hisobiga aholi daromadi 22 foizga ortdi. Aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash maqsadida qishloq joylarida 15 mingta va shaharlarda 17500 ta xonadonlardan iborat 403 ta ko‘p qavatli uylar qurilib, foydalanishga topshirildi”, deydi Bosh vazir. 


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Bosh vazir

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing