Ahmadaliyevning raqibi Kardenas bilan yuzma-yuz keldi (video)
Sport
−
24 aprel 7374 1 daqiqa
Ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni yapon bokschisi Naoya Inoue bo‘lajak raqibi amerikalik Ramon Kardenasga qarshi jang oldidan “face-to-face” marosimida ishtirok etdi.
Joriy yilning 4 may kuni AQSHning Las-Vegas shahrida yirik professional boks oqshomi tashkil etiladi. Ushbu kechaning markaziy jangida ikkinchi eng yengil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue ringga ko‘tariladi. Inouega o‘sha kuni AQSH vakili Ramon Kardenas raqiblik qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur oqshomda ikkinchi eng yengil vazn toifasidagi o‘zbekistonlik WBA va IBF yo‘nalishlari sobiq chempioni Murodjon Ahmadaliyev ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Live
Barchasi