Ahmadaliyevning bo‘lajak jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi
Sport
−
31 Oktabr 2023 7826 1 daqiqa
O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev profboksdagi navbatdagi jangini meksikalik Kevin Gonsalesga qarshi o‘tkazadi. Bu jangga Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) buyruq berdi.
Birinchi yarim yengil vazn toifasidagi mazkur jang eliminator maqomida bo‘lib o‘tadi, ya’ni to‘qnashuv g‘olibi kelgusida WBA kamari uchun chempionlik jangini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ahmadaliyev-Gonsales jangi 16 dekabr kuni AQSHning Arizona shtatida bo‘lib o‘tadigan profboks oqshomi doirasida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi faoliyati davomida 12 marta ringga ko‘tarilib, 11 ta bahsda g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Gonsales 26 ta jangning 25 tasida raqiblaridan ustun kelgan. Hozirgi vaqtga kelib Ahmadaliyev o‘z vaznida WBA reytingida 1-o‘rinni, Gonsales esa 2-o‘rinni band etgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025