Ahmadaliyev meksikalik yengilmas bokschiga qarshi jang qiladi

Sport

image
0:00
0:00
download

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) o‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev va meksikalik Kevin Gonsales jangiga buyruq berdi. Bu haqda tashkilot o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Gap shundaki, Ahmadaliyev yaponiyalik Tomoki Kamedaga qarshi 30 kun ichida navbatdagi jang bo‘yicha kelishib olishi kerak edi, biroq Kameda boshqa vaznga o‘tayotgani bois o‘zbekistonlik bokschining raqibi o‘zgardi.

Endi Ahmadaliyev va Gonsales tomonlari 30 kun ichida jang bo‘yicha kelishuvga erishishi kerak. Agar tomonlar murosaga kela olmasa WBA har ikki bokschiga 50 foizdan gonorar taqsimlashni taklif qiladi.

Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev profboksda 12 ta jang o‘tkazib, 11 ta g‘alaba qayd etgan. U oxirgi jangida filippinlik Marlon Tapalesga mag‘lub bo‘lib, o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA va IBF kamarlarini boy bergandi. 

Kevin Gonsales esa profringda 26 ta jang o‘tkazgan va hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. Uning 1 ta jangida durang qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Murodjon Ahmadaliev Kevin Gonsales Tomoki Kameda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing