Kurs UZS

USD

12 943.39

-9.81

EUR

14 108.30

50.19

RUB

153.70

2.57

Ahmadaliyev - Inoue jangining taxminiy sanasi va manzili e’lon qilindi

Sport

image

Ikkinchi yarim yengil vazn toifasi mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoue va da’vogar o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang shu yilning sentyabr oyida bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Ring Magazine” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar yaponiyalik bokschi 2025 yilning 4 mayida bo‘lib o‘tadigan Ramon Kardenasga qarshi jangda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, uning keyingi raqibi 14 sentyabrdagi boks oqshomida o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Inoue ikkinchi yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. U professional boksda 29 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Ahmadaliyev esa 14 ta jang o‘tkazib, 13 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev Naoya Inoue Ikkinchi yarim engil vazn toifasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing