Aholining valyuta sotib olishi 3 barobar ko‘paydi

Jamiyat

image

Markaziy bank joriy yilning birinchi yarim yilligida chet el valyutalarining jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan va sotib olingan miqdorini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarim yilligida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 57 foizga yoki 797 mln. dollarga oshdi.

Jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valyuta hajmi esa 1,7 mlrd. dollarga teng bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshdi (2019 yilning mos davrida - 557 mln. dollar). 

Natijada ushbu operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo 491 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 351 mln. dollarga (yoki 42 foizga) kamaydi.

Avvalroq, O‘zbekiston xorijdan valyuta yuborish kamaygani haqida xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

valyuta

Baholaganlar

215

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing