9 yil oldin fuqaroni o‘ldirib, jasadni dalaga ko‘mib tashlagan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
21 Oktabr 2021
31277Bundan 9 yil oldin Qashqadaryoda fuqaroni o‘ldirib, jasadini ko‘mib ketgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, 2012 yil 24 yanvarda Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, “Qorabo‘yin” mahallasida yashagan T.G‘. o‘ziga tegishli Nexia-2 rusumli avtomashinasida uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
T.G‘. boshqaruvidagi avtomashina Samarqand shahar, “Madaniyat” mahallasidagi ko‘p qavatli uyning orqa tomonidan topilgan va holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bedarak yo‘qolgan T.G‘.ning avtomashinasini ko‘zdan kechirish davomida, avtomashinaning turli joylaridan jami 14 dona barmoq, kaft izlari olingan.
Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda amalga oshirilgan keng qamrovli tadbirlar natijasida o‘ta og‘ir jinoyat fosh etilgan.
Tergovda aniqlanishicha, M.O., T.A. va D.S. tomonidan bedarak yo‘qolgan G‘.T. qasddan o‘ldirilib, uning jasadini Chiroqchi tumani, “Sho‘rbozor” mahallasi hududida joylashgan zahiradagi dala maydonida ko‘mib, avtomashinasini esa Samarqand shahar, “Madaniyat” mahallasi, “Narpay” ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning orqa tomoniga tashlab ketishgani aniqlangan.
M.O., T.A. va D.S.ning sodir etgan jinoyati ularning iqrorlik ko‘rsatuvlari, jinoyat sodir etilgan joyda aniqlangan barmoq izlari, ko‘rsatmalarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va yuzlashtirish tergov harakatlari hamda boshqa dalillar majmui bilan to‘liq o‘z isbotini topgan.
Ushbu jinoyat ishi yuzasidan 3 nafar shaxslarga JKning 97-moddasi bilan ayb e’lon qilinib, barchasiga "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr