9 oylik tanaffus: OCHL tizimi o‘zgartiriladi

Sport

image

Osiyo futbol konfederatsiyasi Chempionlar ligasi mavsumining kuz-bahor tizimiga o‘tganini rasman e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi, 2022 yilgi jahon chempionatining menejeri Alisher Nikimbayev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Shunday qilib, bu bajarildi. Joriy mavsum 2022 yilning mart oyida boshlanib, 2023 yilning fevralida tugaydigan o‘tish davri bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Chempionlar ligasining g‘arbiy zonasida guruh bosqichi o‘yinlari vaqti ham o‘zgaradi. May oyiga rejalashtirilgan uchrashuvlar aprel oyida o‘tkaziladi.

Shunday qilib, guruh bosqichi va 1/8 final o‘rtasidagi tanaffus g‘arbiy mintaqada 9 oyni tashkil qiladi. Ya’ni, har bir jamoada turnirning ikki bosqichi o‘rtasida ikkitadan transfer oynasi bo‘ladi va tarkiblar tubdan o‘zgarib ketishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval OCHL bahor-kuz tizimida o‘tkazilgan. O‘zbek klublari orasida “Paxtakor” va “Bunyodkor” turnirning yarim finaliga qadar yetib borgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor OChL Bunyodkor Nikimbaev

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing