9 oylik chaqaloq so‘rg‘ichini yutib yubordi 

Olam

image

Qozog‘istonning Jambil viloyatida 9 oylik chaqaloq og‘ir ahvolda viloyat ko‘p tarmoqli bolalar kasalxonasiga yotqizildi. Onasining so‘zlariga ko‘ra, u noma’lum jismni yutib yuborgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Nur.kz” xabar berdi

Qayd etilishicha, 9 oylik chaqaloq uyda o‘ynab o‘tirgan vaqtida to‘satdan yiqilib, boshidan jarohat olgan va hushini yo‘qotgan. Biroz vaqt o‘tgach, bolada ko‘ngil aynish va takroriy qusish holatlari kuzatila boshlagan, shu bois ota-onasi uni shifoxonaga olib borgan. 

Shifokorlar shikoyatlarni hisobga olgan holda, kichik bemorni “travmatik miya shikastlanishi” tashxisi bilan neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizgan. Biroq muolajalar foyda bermagach, jarrohlar zudlik bilan chaqaloqda maxsus instrumental tekshiruvlar o‘tkazgan. Tekshiruvlar natijasida bolaning oshqozonida noma’lum jism borligi aniqlangan. 

“Tekshiruvlardan so‘ng unga “o‘tkir ichak tutilishi” tashxisi qo‘yildi. Buning sababi shundaki, chaqaloq o‘ynash paytida og‘zidagi so‘rg‘ichini yutib yuborgan. Kichik bemorning qorin bo‘shlig‘ida shoshilinch ravishda jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 

Operatsiyani jarrohlik bo‘limi mudiri Kanat Duysebayev, xirurg Davron Bagiboyev va shifokor-anesteziolog Erkin Turarov amalga oshirdi. Operatsiyadan keyingi birinchi kun chaqaloq reanimatsiya bo‘limida qoldi, hozir uning ahvoli ancha qoniqarli”, deyiladi bu haqdagi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston chaqaloq Jambil so'rg'ich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing