9 oyda xorijdan O‘zbekistonga qancha dollar yuborilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
10 Oktabr 2020
8040Joriy yilning 9 oyi davomida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistonga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi 4,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda markaziy bank xabar berdi.
Sentyabr oyida pul o‘tkazmalari miqdori 638 mln dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 foizga oshdi. Bu o‘z navbatida, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining muvozanatlashib borayotganligidan dalolat beradi.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida ichki valyuta bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan jami 10,7 mlrd dollarlik xorijiy valyuta sotib olingan. Mazkur davrda ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 7,0 mlrd dollarni tashkil etib, qolgan 3,7 mlrd dollarlik talab esa Markaziy bankning intervensiyalari hisobiga to‘liq qondirildi.
Mazkur davrda jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 3,2 mlrd. dollarni tashkil etib, ayni paytda ular tomonidan 2,9 mlrd. dollar sotib olindi.
Hozirgi kunda jismoniy shaxslar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari kassalarida naqd xorijiy valyuta qoldig‘i 480-550 mln dollar miqdorida bo‘lishi ta’minlanmoqda.
Qayd eitilishicha, Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda tijorat banklari taqdimnomalariga asosan ushbu operatsiyalar uchun yana qo‘shimcha xorijiy valyuta bilan ta’minlanib kelmoqda.
LiveBarchasi