9 may kuni Toshkentda mushakbozlik o‘tkaziladi

Jamiyat

image

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentda bayramona mushakbozlik o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, poytaxt osmoni uzra feyrverk soat 21:00da yog‘du sochadi.

Ushbu shou urush qatnashchilari va faxriylarning yurt tinchligi va ozodligi yo‘lida qilgan ulug‘ xizmatini sharaflash maqsadida tashkil etilmoqda.

“Bu bilan yoshlar ongiga 9 may – Xotira va qadrlash kunining ahamiyatini singdirish, g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan, vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kishi xotirasi abadiylashtirilishi, ularga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatilishini tushuntirish va targ‘ib etish ko‘zda tutilgan“, deyiladi hokimlik xabarida.

Shuningdek, hokimlik “bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish – bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng xalqimizga xos azaliy qadriyatdir“, deya ta’kidlab o‘tilgan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Xotira va qadrlash kuni

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing