Koronavirus qurbonlari bir kunda 57 nafarga ko‘paydi

Olam

image

Xitoyda tarqalgan yangi 2019-nCoV koronavirusidan halok bo‘lganlar soni 57 nafarga ko‘payib, 362 kishiga yetdi. Kecha qurbonlar soni 305 nafarni tashkil qilayotgandi.

56 ta o‘lim virus tarqalish o‘chog‘i hisoblangan Xubey viloyatida, yana biri Chunsin shahrida qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugunga kelib, virus bilan kasallanganlar soni 17387 nafarni tashkil etyapti. Shundan, 17205 nafari Xitoyda, qolgani dunyoning boshqa mamlakatlarida aniqlangan.

Mamlakatda 152,7 ming kishi virus yuqtirganlikka gumon ostida qolmoqda. 475 kishi muvaffaqiyatli davolash kursidan so‘ng shifo topgan.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus

Baholaganlar

219

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing