81 turdagi texnologik uskunalar importi uchun QQS va bojlar bekor qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Loyiha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan tayyorlangan. Unda 81 ta ustunda belgilangan tovarlarni QQS va bojsiz import qilish taklif etilgan.

2017 — 2019 yillarda import qilingan texnologik asbob-uskunalarning nomenklaturasini va ularning o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilishi mavjudligini o‘rganish natijalari asosida shakllantirilgan.

Ro‘yxatga tikuv mashinalari, metallprokat dastgohlari, yuk tashish va maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan motorli transport vositalari, lazer yordamida materiallarga ishlav berish uskunalari va boshqalar kiritilgan.

Loyiha 2021 yil 1 yanvargacha muhokama qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

QQS boj

Baholaganlar

451

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing