80 yoshli otaxon OTMga hujjat topshirdi

Jamiyat

image

Bu yilgi abituriyentlar bizni hayron qoldirishni davom etishmoqda. 80 yoshli otaxon To‘xtamish Sultonov Surxondaryo viloyati Angor tumani Davlat xizmatlari markazi orqali oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirdi.

Yoshi eng ulug‘ abituriyent Samarqand davlat universitetining Biologiyani o‘qitish metodikasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining davolash va pediatriya ishi yo‘nalishini tanlagan. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 iyul OTMlarga hujjat topshirishning oxirgi kuni. 

Ma’lumot uchun, Davlat xizmatlari markazlarida 24 soat kunu-tun xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar DXMlar orqali jami 102 678 nafar abituriyent OTMga imtihonga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tdi.

Avvalroq, Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga 78 yoshli, Farg‘ona davlat universitetining kunduzgi bo‘limiga 72 yoshli abituriyentlar hujjat topshirgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

OTM Surxondaryo abiturient

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing