80 yoshli Bayden prezidentlikka qayta nomzodini qo‘yishi mumkin

Olam

image

AQSH Kongressi uchun Oraliq saylovlarda kutilganidan ham yaxshiroq natijalardan ruhlangan Prezident Jo Bayden 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini ilagri surishi mumkin. Biroq, saylovchilarning uchdan ikki qismi, shu jumladan demokratlarning 43 foizi Baydenning qayta saylanishini istamaydi.

Bir nechta poygalarda yakuniy natijalar hali chiqmagan bo‘lsa-da, Demokratlar partiyasi Senat ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olgan bo‘lishi mumkin. Vakillar Palatasida esa yo‘qotishlar kutilganidan kamroq. Bu esa Prezidentning partiyasi uchun tarixiy tendensiyalarni buzishdir.

Demokrat strateg Jennifer Xoldsvort ma’lum qilishicha, Bayden prezidentlikka nomzodini qo‘yadi.

“Prezident Bayden qayta saylanish uchun nomzodini qo‘yadi va shunday bo‘lishi zarur. U g‘alaba qozonadi. U juda muvaffaqiyatli boshqaruvni amalga oshirmoqda. Amerika xalqi buni tan oladi. Respublikachilar va ekspertlar o‘z xavf-xatarlari ostida Baydenni past baholamoqda”, degan u.

Boshqa bir demokrat strateg Karen Finnining aytishicha, Oraliq saylovning natijalari Baydenga 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etish yoki nomzodini qo‘ymaslik haqidagi qarorini xohlagan vaqtda chiqarish imkoniyatini beradi.

Jo Bayden saylovchilarni o‘z g‘oyalari bilan jalb qilish uchun yaxshigina harakat qilishi kerak bo‘ladi. Sababi Amerika xalqining Baydenga ishonish darajasi juda pastligicha qolmoqda.

“Edison Resarch” tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, saylovchilarning uchdan ikki qismi, shu jumladan demokratlarning 43 foizi Baydenning 2024 yilda qayta saylanmasligini afzal biladi. So‘rov natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, respublikachi saylovchilarning 90 foizi Jo Bayden o‘z nomzodini qo‘yishi kerak emas, deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing