80 million yillik ulkan dengiz yirtqichining yangi turi aniqlandi

Bu qiziq

image

Olimlar dinozavrlar davrida yashagan yirik dengiz sudralib yuruvchisini kashf etdi va unga Tylosaurus rex deb nom berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Tadqiqotchilar avval topilgan qazilma suyaklarni qayta o‘rganib, uning alohida tur ekanini aniqlagan. Olimlar uning katta hajmi, o‘tkir tishlari, kuchli jag‘ va bo‘yin mushaklari hamda ov qilishga moslashgan tanasi uni juda kuchli yirtqich bo‘lganini ko‘rsatishini aytgan.

Tylosaurus rex taxminan 80 million yil oldin Shimoliy Amerikaning o‘sha davrdagi ichki dengizlarida yashagan. Uning tanasi uzun, tumshug‘i cho‘zilgan, oyoqlari o‘rniga katta suzuvchi qanotlari va kuchli dumi bo‘lgan.

Olimlar bu jonzot uzunligi 13 metrga yaqin bo‘lganini, ya’ni u hatto ba’zi zamonaviy katta dengiz yirtqichlaridan ham yirik bo‘lganini ta’kidlamoqda. U asosan boshqa dengiz hayvonlari va yirik baliqlar bilan oziqlangan.

Mutaxassislar uni “dengizning Tylosaurus rex” deb atamoqda, chunki u o‘z davrida okeandagi eng kuchli yirtqichlardan biri bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya va Tailand tadqiqotchilari Janubi-Sharqiy Osiyoda hozirgacha aniqlangan eng yirik dinozavr turini topgandi. Bu Nagatitan chaiyaphumensis nomli ulkan zauropoddir. Buyuk Britaniya va Tailand tadqiqotchilari dinozavrning yangi turni Tailandning shimoli-sharqidagi Chayyapxum viloyatida topilgan qazilma suyaklar asosida aniqlagan. Olimlarning aytishicha, uning vazni 27 tonnaga yetgan bo‘lib, bu qariyb to‘qqizta yirik Osiyo filining og‘irligiga teng. Dinozavrning uzunligi esa 27 metrni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

dengiz sudralib yuruvchi Tylosaurus rex

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing