80 ga yaqinlashgan Bayden koronavirusga chalindi

Olam

image

Bugun, 21 iyul kuni tongda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Baydenning COVID-19’ga topshirgan testi natijasi ijobiy chiqdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Karin Jan-Per tomonidan tarqatilgan bayonotda keltirilgan.

Unga ko‘ra, 79 yoshli Bayden to‘liq emlangan, ikki marta buster olgan, simptomlari yengil. U Paxlovid’ni qabul qilishni boshlagan.

Qayd etilishicha, u Oq uyda izolyatsiya qilinadi, biroq izolyatsiya davrida ham o‘ziga yuklangan barcha vazifalarni to‘liq bajarishda davom etadi. Izolyatsiya davri COVID-19’ga topshirilgan test salbiy chiqmaguncha davom etadi.

Qolaversa, Prezident bilan muloqotda bo‘lgan barcha tekshiruvdan o‘tkaziladi. 

Karin Jan-Perning qo‘shimcha qilishicha, Bayden 19 iyul kuni ham COVID-19’ga test topshirgan va salbiy test natijasiga ega bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Bayden va birinchi xonim Jill Bayden kecha, 20 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskaya bilan uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden

Baholaganlar

388

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing