8 yashar qizaloq Putinga omad tilab, sovg‘a berdi

Olam

image

Derbentlik sakkiz yoshli maktab o‘quvchisi Raisat Akipova Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga omad tilab, Kubachi ustalari yasagan kumush taqani sovg‘a qildi. Bu haqda qizning otasi Axmet Akipovga asoslanib, RIA Novosti xabar berdi.

Gap shundaki, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 29 iyun kuni mamlakatning janubida joylashgan Derbent shahriga borgan. Sayohat so‘ngida u mahalliy aholi oldiga chiqqan. Shundan so‘ng davlat rahbariga o‘z qishlog‘ida uchrasha olmagani uchun yig‘layotgan qiz haqida so‘zlab berishgan. Keyinroq Putin qizaloq va uning ota-onasini Moskvaga taklif qilgan.

“Qizim Prezidentga kichik sovg‘a bermoqchi bo‘ldi, bizdan so‘radi va biz kumush taqa berdik, u juda chiroyli edi”, deydi qizning otasi. 

Raisat Putin bilan uchrashuvi haqida nashrga intervyu bergan. Uchrashuvda qizcha Putindan qanday qilib prezident bo‘lishni so‘ramoqchi bo‘lganini, garchi u o‘zi sartarosh bo‘lishni orzu qilganini va davlat rahbarini uchta so‘z bilan ta’riflaganini aytgan: “mehribon, yaxshi va yaxshi”.

Akipovning so‘zlariga ko‘ra, oila davlat rahbaridan ham sovg‘a olgan. Qizaloqning hadyasiga javoban Prezident oilaga Kreml haqidagi dastxat va “omad uchun” imzosi tushirilgan kitobni sovg‘a qilgan.

Ma’lumot uchun, Kubachi Dog‘iston Respublikasi Daxadayevskiy tumanida joylashgan qishloq bo‘lib, u yer metallga ishlov berish usuli bilan mashhur. Ayniqsa, kubachi ustalarining kumush taqinchoqlari xaridorgir sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Raisat Akipova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing