8 ta golli o‘yinda “Manchester Yunayted” g‘alabani qo‘ldan boy berdi
Sport
−
16 dekabr 1133 1 daqiqa
Kecha, 15 dekabr kuni Angliya Premer-ligasining 16-turi doirasida “Manchester Yunayted” va “Bornmut” jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Old Trafford” stadionida kechgan bahs 4:4 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.
Uchrashuvda dastlab 13-daqiqada Amad Diallo mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 40-daqiqada esa Antuan Semeno hisobdagi muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Brunu Fernandeshning uzatmasidan so‘ng Kazemiro gol urib, “Manchester Yunayted”ni tanaffusga hisobda oldinda olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida, 46-daqiqada Evanilson hisobni yana tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 52-daqiqada Taverner “Bornmut”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Keyinchalik 72-daqiqada Brunu Fernandesh va 79-daqiqada Mateus Kunyaning gollari evaziga manchesterliklar yana o‘yindagi ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. Biroq 84-daqiqada Eli Junior Krupi yana bir bor muvozanatni tikladi. Yakunda uchrashuv 4:4 hisobidagi jangovar durang bilan yakuniga yetdi.
Shu tariqa, “Manchester Yunayted” Premer-liganing 16-turidan so‘ng ochkolari sonini 16 taga yetkazib, turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. “Bornmut” esa 21 ochko bilan 13-pog‘onada joylashgan.
Navbatdagi turda “Manchester Yunayted” safarda “Aston Villa” mehmoni bo‘ladi. “Bornmut” esa o‘z maydonida “Byornli” jamoasini qabul qiladi.