8 metrli timsohning oshqozonidan odam qoldiqlari topildi (video)

Olam

image

Joriy yilning 22 iyul kuni Indoneziyaning Shimoliy Kalimantan provinsiyasida sakkiz metrli timsohning oshqozonidan o‘lgan baliqchining qoldiqlari topildi. Bu haqda “Daily Star” xabar berdi.

Qayd etilishicha, uch farzandning otasi bo‘lgan 45 yoshli Samsul Bahriyni daryo bo‘yida qisqichbaqa ovlayotganida ulkan timsohning o‘ljasiga aylangan.

Mahalliy aholi va politsiya qotil timsohni uch kun izlagan. Barcha yirtqich hayvonlarning oshqozoni ekspertizadan o‘tkazilgan. 

Ekspertiza sakkiz metrli timsohning oshqozonidan topilgan inson tanasi qoldiqlari bedarak yo‘qolgan baliqchiga tegishli ekanini tasdiqlagan. 

Sudralib yuruvchining jasadi marhumning oila-a’zolariga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya

Baholaganlar

908

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing