773 ta korxona 6 mlrd 337 mln so‘mlik gazni o‘g‘irlab kelgan
Jamiyat
−
04 dekabr 2019
4368Hududlarda gaz muammo bo‘lib turgan bir vaqtda ayrim shovvozlar paytdan foydalanib, gazdan noqonuniy foydalanish payida. Jumladan, O‘zneftgazinspeksiya, majburiy ijro byurosi hamda “Xududgazta’minot” AJ xodimlari va “O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 6 mlrd 337 mln so‘m miqdorida gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelingani aniqlangan.
Qayd etilishicha, nazorat tadbirlari natijasiga ko‘ra, 773 ta noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Ushbu natijaga ko‘ra 8 mln 334 ming metr kub miqdoridagi noqonuniy tabiy gazdan foydalanilganligi ya’ni jami 6 mlrd 337 mln so‘m miqdorida gaz ta’minoti korxonasiga zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Ushbu noqonuniy foydalanish holatlaridan biri Toshkent viloyatidagi 3 ta pishtgan g‘isht ishlab chiqarish sexlarida kuzatilgan. Gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi natijasida gaz ta’minoti korxonasiga jami 2 mlrd 210 mln so‘m zarar keltirilganligi aniqlangan. Ularning orasida “Binokor” MCHJ rahbariyati tomonidan bir necha bor tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalangani uchun javobgarlikka tortilgan. Ushbu sex gaz ta’minoti korxonasiga bir necha marta zarar yetkazgan. So‘nggi aniqlash natijasiga ko‘ra, 1 mlrd 790 mln so‘m zarar yetkazilgan..
Shuningdek, "O‘zneftegazinspeksiya" tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tadbir natijalariga ko‘ra, issiqxonalarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 84 ta holatlar aniqlangan. O‘g‘irlangan yoqilg‘i hajmi 2 mln 173 ming metr kub (2 mlrd 186 mln so‘m)ni tashkil etmoqda.
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 16 ta (pishtgan g‘isht, ohak, kulolchilik) sexlar hamda 673 ta boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiiy gazning noqonuniy iste’moli hajmi 6 mln 148 ming metr kub (4 mlrd 204 mln so‘m)ni tashkil etdi.
Yuqorida ko‘rsatilgan aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan xujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
LiveBarchasi