74 yoshli Lui van Gal Niderlandiya terma jamoasiga qaytishi mumkin
Sport
−
03 avgust 931 1 daqiqa
Mashhur niderlandiyalik murabbiy Lui van Gal Niderlandiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi (KNVB) bilan milliy terma jamoaga qaytish masalasida muzokaralar o‘tkazishga tayyor. Bu haqda “De Telegraaf” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 74 yoshli mutaxassisning hozirgi sog‘lig‘i murabbiylik faoliyatini davom ettirishga imkon beradi. Biroq Niderlandiya terma jamoasiga qaytish uning asosiy maqsadi emas. Agar KNVB bunday istak bildirsa, van Gal muzokaralarni boshlashga tayyor.
Qayd etilishicha, van Gal hozirgi terma jamoa futbolchilarining aksariyatini yaxshi taniydi va xalqaro musobaqalarni muntazam kuzatib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Lui van Gal Niderlandiya terma jamoasini uch marta boshqargan. U 2000-2001, 2012-2014 va 2021-2022 yillarda milliy jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin Niderlandiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi