74 yashar ayol 50 ming dollarga chuv tushdi. U shuncha pulni qayerdan olgan?

Jamiyat

image

Toshkentda ikki erkak 74 yashar keksa ayolni 50 ming AQSH dollariga chuv tushirdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda 

Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2018 yilning 6 iyun kuni 39 yoshli muqaddam sudlangan Nurilla A. va 46 yoshli Hasan N.lar 74 yoshli Malika A.ga hamkorlikda biznes qilishni va’da qilishgan. Ular uy qurilishi uchun pul kerakligini aytib, ayolning ishonchiga kirishgan. 

Erkaklarga ishongan ayol ularga jami 50 ming AQSH dollari pulni qo‘sh qo‘llab bergan. Ammo Nurillo va Hasan va’dalarida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborishgan. 

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik jinoyat

Baholaganlar

320

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing