73 yoshli Narendra Modi qiruvchi samolyotda parvoz qildi (foto)

Olam

image

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi mamlakatda ishlab chiqarilgan Tejas yengil qiruvchi samolyotida parvoz qildi. Bu haqda u o‘zining X’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Parvoz Hindiston janubidagi Karnataka shtatining Bangalor shahrida amalga oshirilgan. Tejas bir o‘rindiqli qiruvchi samolyotdir, biroq Modi ikki o‘rinli trener variantida parvoz qilgan.

"Tejas'dagi navbatdagi muvaffaqiyatli tajriba yakunlandi. Bu milliy salohiyatimizdan faxr tuyg‘usini uyg‘otdi", deb yozgan Hindiston hukumati rahbari.

Ma’lumot uchun, Tejas qiruvchi samolyoti Hindistonning Hindustan Aeronautics Limited kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu boradagi ishlar 1980 yillardan beri davom etmoqda. 2015 yilda qiruvchi samolyotni Hindiston harbiy-havo kuchlarida foydalanishga topshirishga qaror qilingan. Hozirda Tejas Mk2 qiruvchi samolyotining yangi modifikatsiyasi ustida ish olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston qiruvchi samolyot Narendra Modi Tejas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing