73 yashar sobiq soliqboshi Botir Parpiyev yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
19 fevral 2020
48121Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyev Prezident farmoni bilan yangi lavozimga tayinlandi. U endi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari o‘laroq faoliyat yuritadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. Parpiyev bugun, 19 fevral kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi lavozimga tayinlangan
Botir Parpiyev Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining Keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, u yangi vazirlikda oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish, tomorqa va obodonlashtirish, ekologiya, bandlikka ko‘maklashish masalalariga mas’ul bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, Botir Parpiyev 1946 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2004 yildan 2018 yilning may oyigacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Botir Parpiyev 2019 yilning 23 dekabr kuni 73 yoshni qarshiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromovga bir vaqtning o‘zida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari lavozimi yuklangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi