Parpiyev, Ikromov va Mamatov koronavirusga chalindi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2020
22829O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov va uning o‘rinbosarlari Botir Parpiyev hamda Azizbek Ikromovda yangi turdagi koronavirus infeksiyasi COVID-19 aniqlandi.
Ularda o‘tgan hafta koronavirus aniqlangan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘raganda, vazir va uning ikki o‘rinbosari Toshkentdagi shifoxonada davolanmoqda. Ularning ahvoli yaxshi.
Bungacha vazirning birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova koronavirusga chalingani aytilmoqda. Ayni vaqtda uning salomatligi tiklanib, ishga qaytgan. Ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida.
LiveBarchasi