“Oynada basharangni ko‘rganmisan, tasqara?”. Kirkorov Nargiz Zokirovani masxara qildi (video)

Madaniyat-san’at

image

Joriy yilning 1 noyabr kuni rossiyalik taniqli xonanda Filipp Kirkorov Toshkentda konsert berdi. Konsert chog‘ida u kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan xonanda Nargiza Zokirovani "tasqara" deya haqorat qilgan. Voqea aks etgan video ijtimoy tarmoqlarda tarqaldi.

Filippning so‘zlariga ko‘ra, Zokirova sochini qirdirsa, tanasiga rasmlar chizdirsa ham uning ishlari yurishmayapti. 

“Sevishni bilmaydigan inson hech qachon sevgi haqida kuylay olmaydi, uning qo‘shig‘i o‘xshamaydi. Bechora, sochini qirdirsa ham, tanasiga rasmlar chizdirsa ham, qancha harakat qilsa ham baribir uning ishi yurishmaydi. Ammo unga achinib ham bo‘lmaydi. U nimaga yulduz bo‘la olmayotganidan hayron. Sen oynada basharangni ko‘rganmisan? Aksingga qaraganmisan, tasqara?”, degan Kirkorov.

Qayd etish kerakki, Rossiyalik qo‘shiqchining Toshkentda konsert berishidan xabar topgan Nargiza Zokirova tadbir afishasi oldida turib, “sizlarga hech kimning ko‘zi uchib turgani yo‘q” deya izoh qoldirgan. Filippning so‘zlari Nargizaning gaplariga javob tariqasida yangragan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Nargiza Zokirova Rossiyaning Ukrainaga urushini tanqid qilgani uchun 50 yilga mamlakatdan deportatsiya qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Filipp Kirkorov Nargiza Zokirova

Baholaganlar

2619

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing