71 yoshli Portugaliya Prezidenti cho‘kayotgan qizlarni qutqardi (video)
Olam
−
17 avgust 2020
16398Portugaliya Prezidenti Marselo Rebelo de Souza 15 avgust kuni mamlakatning Algavre mintaqasidagi Alvor plyajida cho‘milayotgan ikki qizni cho‘kishdan qutqarib qoldi. "20 minutos" xabar berdi.
Prezident hududning turizm salohiyatini oshirish uchun ikki kunlik ta’tilini shu yerda o‘tkazayotgan bo‘lgan.
71 yoshli Prezident avval qumda jurnalistga yordam ko‘rsatgan, keyinroq suvdaligida ikki qiz undan uncha uzoq bo‘lmagan joyga kanoyedan noqulayroq tushgan.
Kameralarga olingan tasvirda Prezident suv mototsiklida boshqa bir odam yetib kelgunicha qizlarga yordam bergani ko‘rinadi.
Hodisadan keyin atrofdagi OAV xodimlariga bo‘lgan voqeani aytib bergan.
“Bu yosh ayollar boshqa plyajdan kelgan. Kuchli oqim ularni shu yerga oqizgan. Ular ag‘darilib ketib, ko‘p suv ichgan. Yetmaganiga kanoeni o‘nglab ham olisholmagan, suzib ham ketisholmagan. Oqim juda kuchli”, deya izohlagan Prezident.
Ma’lumot uchun, Portugaliya Prezidenti turizmni rivojlantirish uchun ta’tilining katta qismini mamlakatning turli nuqtalariga borish bilan o‘tkazdi.