7 yashar jiyanini o‘ldirgan qotil amma ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Avvalroq Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Cho‘lobod qishlog‘ida yashovchi ayol 7 yashar jiyanini urib o‘ldirgani haqida xabar bergandik. "Zamon" informatsion dasturida holat yuzasidan yangi tafsilotlar ochiqlandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ayol yon qo‘shnisiga kichik jiyanini o‘zi emas, balki uning to‘ng‘ich qizi kaltaklaganini va shu sabab u zudlik bilan shifoxonaga jo‘nab ketayotganini aytgan.

“Telefon qilib yig‘ladi. Kecha qaynanamni tabriklagani ketganimda Nozima Charosni urgan ekan, hozir hushidan ketib, jonlantirish bo‘limida yotibdi, dedi. Asli o‘zi urganakan", deydi qo‘shni ayol.

Ayblanuvchining turmush o‘rtog‘i ham 3 oydan beri o‘zga yurtda ishlayotgani bois yaqinlaridan bu xabarni eshitgan zahoti ortiga qaytgan. 

“Ayolimning achchig‘i chiqqan paytda miyasi uvushadi. Bunday paytda hech narsani bilmaydi”, deydi erkak. 

Qizaloq tuman markaziy shifoxonasiga kaltaklangan kunning ertasiga butun tanasi momataloq ahvolda o‘z ammasi tomonidan olib kelingan. 

Mazkur holat yuzasidan 12 mart kuni Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 13 mart kuni ayol ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. 

Oradan ikki kun o‘tib, 15 mart kuni tuman markaziy tibbiy birlashmasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, qizaloq jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Bolaning ota-onasi janozaga ham yetib kelolmagan.

Shifokorlarning bildirishicha, qiz “onamga ayting, men uni yaxshi ko‘raman, bizni tashlab Rossiyaga ketmasinlar", deya jon taslim qilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati qotil amma 7 yashar qizcha o'limi qo'shimcha ma'lumot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing