7 yashar qizning zo‘rlangani bo‘yicha ba’zi tafsilotlar ochiqlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 7 yashar qiz 38 yoshli qarindoshi tomonidan zo‘rlangani xabar qilingandi. Viloyat IIB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 14 oktyabr kuni soat 22:00 da Namangan viloyati IIBga Yangiqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasidan xabar kelib tushgan. Unda shu kuni soat 21:00 da noma’lum erkak Yangiqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlarning birida qarindoshlari bilan to‘y marosimida qatnashgan 2018 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizni nomusiga tekkani bayon qilingan. 

Zudlik bilan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar jarayonida ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanib, 1987 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro aniqlangan va qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

“Xozirda jinoyat ishi doirasida barcha tegishli ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova qonunda belgilangan vakolatlari doirasida mazkur jinoyat ishi yurituvida bola manfaatlarining ta’minlanishi yuzasidan o‘z kuzatuvini olib borayotganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan nomusga tegish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing