7 mln tonna! O‘zbekistonda chiqindi hosil bo‘lishi tezlashdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda so‘nggi yillardagi iqtisodiy o‘sish sabab yiliga 7 mln tonna maishiy chiqindi hosil bo‘lmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hududlardagi ekologik holatni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2022 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.

Yig‘ilishda dunyoda qattiq maishiy chiqindilar miqdori aholi jon boshiga har yili 1 foizga ortib borayotgani, mamlakatda so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish, aholi turmush darajasi yaxshilanishi natijasida o‘sish 2 foizni tashkil etib, yillik hosil bo‘layotgan maishiy chiqindilar miqdori 7 million tonnaga yetgani aytildi.

Lekin, Prezident ushbu chiqindilarni yig‘ish, saralash, olib chiqish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish ahvoli qoniqarli emasligini urg‘ulagan.

Ta’kidlanishicha, maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasi Andijonda – 45 foiz, Buxoroda – 43 foiz, Navoiy va Namanganda – 36 foizni tashkil etib, yaxshi natija ko‘rsatilmoqda. Aksincha, Qoraqalpog‘iston – 10 foiz, Farg‘ona va Qashqadaryo – 20 foiz bilan qolgan hududlardan orqada.

Shuningdek, chiqindilarni olib chiqish qamrovi 90 foizga yetgan bo‘lsada (2017 yilda atigi 25 foiz edi), 781 ta mahallada 30 yildan buyon chiqindini olib chiqish masalasi hal etilmagani tanqid qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

chiqindi

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing