“Ummon” guruhi solisti Zohid YTH uchradi. Uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda
3-sahifa
−
30 Sentabr 2022
3123529 sentyabr kuni taxminan soat 23:00 larda poytaxt Toshkentning Yunusobod tumanida dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
YTHda 1990 yilda tug‘ilgan Z.R. (sobiq “Ummon” guruhi solisti Zohid Rixsiyev – tahr) o‘zining boshqaruvidagi BMW rusumli (davlat raqam belgisi 01 N 806 HA) transport vositasida Ahmad Donish ko‘chasidan Yangishahar ko‘chasiga qarab harakatlanayotganda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.
Oqibatda transport vositasi haydovchisi va yo‘lovchilari 1995 yilda tug‘ilgan J.I. hamda 1996 yilda tug‘ilgan J.Y. shifoxonaga yotqizilgan. 1994 yilda tug‘ilgan X.S. voqea joyida vafot etgan.
Ayni vaqtda xonanda Zohid Rixsiyevning ahvoli og‘irligi, u jonlantirish bo‘limiga olingani aytilmoqda.
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi