65 davlat fuqarolari Ozarbayjon orqali Erondan chiqib ketdi
Olam
−
07 mart 1679 2 daqiqa
AQSH va Isroilning hujumi fonida Ozarbayjan chegarasi orqali Erondan jami 65 mamlakatning 1 761 fuqarosi evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Report” xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil 28 fevral soat 08:00 dan 7 mart soat 10:00 gacha chegara orqali o‘tgan fuqarolarning davlatlar bo‘yicha statistikasi:
- Ozarbayjon – 297;
- Xitoy – 487;
- Rossiya – 282;
- Tojikiston –173;
- Pokiston – 118;
- Ummon: 57;
- Italiya – 44;
- Indoneziya –32;
- Ispaniya – 20;
- Saudiya Arabistoni – 18;
- Eron – 21;
- Fransiya – 16;
- Gruziya – 13;
- Bolgariya va Kongo – 10 nafardan;
- Braziliya va Buyuk Britaniya – 8 nafardan;
- Belarus va O‘zbekiston – 7 nafardan;
- BAA, Slovakiya va Kanada – 6 nafardan fuqaro evakuatsiya qilingan.
Shuningdek, Serbiya, Nigeriya, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Chexiyaning 5 nafardan fuqarosi, Bahrayn, Iordaniya, Shveysariya, Shri-Lanka, Yaponiya, Ukraina, Turkiya, Vengriya, Belgiya va Kuvaytning 4 nafardan fuqarosi Eron chegarasi orqali o‘tgan.
Qo‘shimcha ravishda, Qatar, Bangladesh, Meksika, Filippin, Finlandiya, Ruminiya va Xorvatiyaning 3 nafardan, Nepal, Livan, Qirg‘iziston, Yaman, Sudan, Hindiston va Kipr 2 nafardan hamda Polsha, Avstraliya, Tunis, Argentina, Bosniya va Gersegovina, Latviya, Misr, Myanma, Maldiv orollari, Kuba, Janubiy Afrika, Shvetsiya, Germaniya va Vatikanning 1 nafardan fuqarolari evakuatsiya qilingan.
Eronning Ozarbayjonga hujumi
Joriy yilning 5 mart kuni Eron raketasi Ozarbayjonning Naxichevon Muxtor Respublikasi hududidagi aeroportga qulab tushdi.
Naxichevon Ozarbayjonning Eron, Turkiya va Armaniston bilan chegaradosh eksklavi bo‘lib, Janubiy Kavkazda strategik jihatdan muhim hudud hisoblanadi. Agar bu hodisa tasdiqlansa, mintaqaviy xavfsizlik va siyosiy vaziyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mazkur voqeadan so‘ng, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi. Unda bitta dron Naxichevon xalqaro aeroportining terminal binosiga zarba bergan, yana boshqa bir dron esa Shakarobod qishlog‘idagi maktab binosi yaqiniga tushgan. Hududdagi maktab o‘quvchilar va o‘qituvchilari esa evakuatsiya qilingan.
Mazkur voqeadan so‘ng Eron Islom Respublikasining Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Mujtabo Demirchilu Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan, u yerda Eron tomoniga keskin norozilik bildirilgan va tegishli norozilik notasi topshirilgan.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Eronning Naxichevon Muxtor Respublikasidagi aeroportga qilgan hujumi javobsiz qolmasligini bildirgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qilib, hujumdan jiddiy xavotir bildirgan.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Eronning Naxichevonga qilgan hujumini terroristik deb atadi va buning uchun uzr so‘rashi kerakligini aytgan. Shuningdek, u Eronning Naxechivonga qilgan hujumuni “nonko‘rlik” sifatida baholab, bu tajovuzga “temir musht” bilan javob qaytarishini bildirdi.
Live
Barchasi