64 yoshli bemor vafot etdi. Ammo holat bo‘yicha barcha ma’lumotlar oshkor etilmayapti
Jamiyat
−
27 iyul 2020
12036Koronavirusga chalingan jizzaxlik bemor vafot etdi. U 64 yoshda bo‘lgan. Mamlakatda o‘lim holatlarining rasmiy ko‘rsatkichi 116 taga yetdi.
Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashagan 64 yoshli B.Sh. (erkak)da COVID-19 tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Shifoxonada unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik asorati bilan kechgan.
Shuningdek bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, qandli diabet, semizlikning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.
Bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, saturatsiya ko‘rsatkichi pasayib borishi, nafas olishining qiyinlashuvi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Shuni e’tiborliki, Sog‘liqni saqlash vazirligi vafot etgan shaxsda qachon koronavirus aniqlanganidan tortib, uning qachon shifoxonaga yotqizilgani va hatto qachon vafot etganiga aniqlik kiritmagan.
LiveBarchasi