638 kishi Qirg‘iziston fuqaroligidan chiqarildi
Olam
−
31 avgust 2019
6120Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston fuqaroligini qabul qilish va undan chiqish to‘g‘risidagi 6 ta Farmonni imzoladi. Bu haqda Knews xabar bermoqda.
Ulardan 1 ming 373 kishiga (1ming 178 - kattalar va 195 - bolalar) fuqarolikka qabul qilish to‘g‘risida 4 ta buyruq imzolandi, ularning aksariyati tarixiy vatanlariga qaytgan etnik qirg‘izlardir.
Shu bilan birga davlat rahbarining Farmoniga muvofiq 638 kishi (532 - kattalar va 106 - bolalar) Qirg‘iziston fuqaroligidan chiqarilgan.
LiveBarchasi