63 yil birga yashagan juftlik bir kunda koronavirus tufayli vafot etdi

Olam

image

Joriy yilning 15 noyabr kuni Italiyada 63 yil birga umr kechirgan er-xotin koronavirus kasalligi asoratlari oqibatida bir kunda vafot etdi. Bu haqda "l'Eco di Bergamo" xabar bergan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vinchenso va Olga Molino 18 yoshga to‘lganlarida tanishishgan. 

Molinolarning olti nabirasidan birining aytishicha, er-xotin joriy yilning sentyabr oyida to‘ylarining 63 yilligini nishonlashgan. 

Biri 82, ikkinchisi 83 yoshda bo‘lgan pensionerlar 10 kunga yaqin kasal bo‘lib yotishgan. 

Qayd etilishicha, juftlik shifoxonada alohida palatalarda davolangan. 

Nashrga ko‘ra, Olga uning yoniga erining kostyumini qo‘yib qo‘yishlarini, shu orqali u erini his qilib turishini ham so‘ragan. 15 noyabr kuni esa ular bir soatlik farq bilan olamdan o‘tishgan. 

Ma’lumot uchun, Italiyada koronavirusga chalinganlar 1 milliondan oshgan. 46 mingdan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS ITALIYa

Baholaganlar

216

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing