60 yoshli ayol plastik operatsiyadan so‘ng vafot etdi
Olam
−
22 aprel 2023 17490 1 daqiqa
Qozog‘istonlik 60 yoshli onaxon go‘zallik salonida ko‘zini blefaroplastik operatsiya qilganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda “Golos naroda” nashri xabar berdi.
Aniqlanishicha, ayol blefaroplastik operatsiya- ko‘z qovoqlaridagi yog‘larni kesib tashlash uchun go‘zallik saloniga murojaat qilgan. Ayolga bunday muolajani o‘tkazgan salon xodimasining tibbiy litsenziyasi va ruxsatnomasi bo‘lmagan. Shunga qaramay u kasb qoidalariga zid ravishda operatsiyani amalga oshirgan. Biroz vaqt o‘tgach, ayolning holati yomonlashgan va o‘sha yerning o‘zida vafot etgan. Taxminlarga ko‘ra, u antifilaktik shokdan o‘lgan.
Joriy yilning 16 aprel kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 322-moddasi 3-qismi bilan sodir etilgan jinoyat asosida tergovga qadar tergov harakatlari boshlangan.
Unga ko‘ra, ayblanuvchi besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga muayyan lavozimlarni egallash, faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 mart kuni o‘zbekistonlik 26 yoshli bloger Farhod Mannopov (Mittivine) basseynda boshi va burnidan jarohat olib, jarohat ustidan operatsiya o‘tkazilgandan keyin koma holatidan chiqa olmagan va vafot etgan edi.