60 dan oshganlarga xavfli dorilar berilyaptimi? SSV javob berdi
Jamiyat
−
17 may 2023
9377Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Xitoydan katta miqdorda dori vositalari sotib olgani, tabletka ko‘rinishidagi ushbu preparatlar respublika bo‘ylab 60 yoshdan oshgan aholi vakillariga berilishi, ammo ular inson organizmi uchun xavfli ekani haqida xabarlar tarqaldi. Xitoydan olib kelingani aytilgan ushbu dorilar haqidagi xabarlar mutlaqo uydirma va haqiqatga zid. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, 2 yil avval O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi ayni avj olgan og‘ir va murakkab davrda ham internet tarmoqlarida COVID-19 infeksiyasiga qarshi ishlab chiqarilgan vaksinalar to‘g‘risida shu singari haqiqatga zid ma’lumotlar tarqatilgan. Biroq oradan vaqt o‘tib, ushbu xabarlar mutlaqo uydirma ekani ma’lum bo‘lgan.
“Odamlar orasida turli vahima va xavotir uyg‘otish maqsadida tarqatilayotgan bu galgi xabarlar ham bo‘xton va safsatadan boshqa narsa emas”, deyiladi xabarda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan bunday feyk xabarlarga ishonmaslikni, tibbiyot sohasi bilan bog‘liq asosli ma’lumotlarni vazirlikning rasmiy sahifalaridan olish kerakligini eslatib o‘tgan.
LiveBarchasi