6 oyda necha kishi YTHlar qurboni bo‘lgani ochiqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida O‘zbekiston bo‘yicha jami 3753 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu haqda IIV YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTHlar oqibatida 954 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 3170 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Ta’kidlanishicha, umumiy YTHlarning asosiy qismi, ya’ni qariyib 28 foizi haydovchilar tomonidan belgilangan tezlik me’yorlarini buzish oqibatida kelib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar-iyun oylarida 2960 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, ularda 770 nafar odam halok bo‘lgandi. Demak, o‘tgan bir oy ichida qurbonlar soni 184 nafarga ko‘paygan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing