6 oyda qancha odam O‘zbekistondan butunlay bosh olib ketgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
28 iyul 2021
33103Joriy yilning yanvar-iyun oylarida 156 mingdan ortiq odam O‘zbekiston hudidida ko‘chib ketgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
2021 yilning 1 iyul holatiga ko‘chib kelganlar va ko‘chib ketganlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar:
O‘zbekiston Respublikasi hudidida jami ko‘chib kelganlar soni – 147,2 ming kishi, shundan doimiy yashash uchun xorijdan ko‘chib kelganlar soni – 992 kishi;
O‘zbekiston Respublikasi hudidida jami ko‘chib ketganlar soni – 156,8 ming kishi, shundan doimiy yashash uchun xorijga ko‘chib ketganlar soni – 10,7 ming kishi.
Avvalroq, O‘zbekiston aholi joriy yilning olti oyida qanchaga ko‘paygani va necha kishi vafot etgani haqida ma’lumot bergan edik.